27 May 2025 yil
734
Toyloq tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan "xodimlarning ijtimoiy va shaxsiy masalalari bo‘yicha" sayyor qabul o‘tkazildi
Viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Umid Utayev tomonidan Toyloq tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan "xodimlarning ijtimoiy va shaxsiy masalalari bo‘yicha" sayyor qabuli o’tkazildi.
Xodimlar xizmat olib borishi davomida yuzaga kelayotgan muammoli masalalar yuzma-yuz qabul davomida tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, xodimlarning xizmatdan tashqari vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning oilaviy totuvligini ta’minlash bo‘yicha ham bir qator vazifalar belgilab olindi.