5 Sentyabr 2023 yil 899

Toyloq tumani IIBga yangi rahbar tayinlandi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Toyloq tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv avvalida Boshqarma boshlig‘i Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan tuman IIB boshlig‘i lavozimiga yangi tayinlangan podpolkovnik Oybek Xo‘jamovni shaxsiy tarkibga tanishtirdi.Tayinlovga qadar O.Xo‘jamov Payariq tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 

Tuman IIBning oldingi rahbari podpolkovnik Sherzod Tog'ayev boshqa lavozimga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech