8 Fevral 2022 yil 565

Toyloq tumanida yashovchi J.Raxmonovning ijtimoiy tarmoq orqali yoʻllagan videomurojaati yuzasidan

Toyloq tumanida yashovchi J.Raxmonovning YTH sabab vafot etgan akasini tergov ishi koʻrilmayotganidan norozi boʻlib yoʻllagan vidomurojaati yuzasidan

2021-yilning 09-noyabr kuni soat taxminan 23:20da Samarqand tumani “Chumchuqli” mahallasida yashovchi 1984-yilda tugʻilgan R.J., oʻzining boshqaruvida boʻlgan “VAZ-21063” rusumli avtomashinasini Toyloq tumani “Maʼdaniyat” mahallasi hududidan oʻtuvchi A-377 avtomobil yoʻlida mast holatda boshqarib borib, boshqaruvini yoʻqotishi natijasida, qatnov yoʻlining 4-kilometrida, yoʻlning chetki qismida toʻxtab turgan “SAMSUNG” rusumli yuk avtomashinasi(ekskavator)ni orqa qismiga urilib, yoʻl-transport hodisasi sodir qilgan.

YTH natijasida “VAZ-21063” rusumli avtomashina haydovchisi vafot etgan.

Marhumning qoni sud-kimyoviy tekshiruvidan oʻtkazilganda, qonida -2,64% etil spirti topilganligi va etil spirtining aniqlangan ushbu miqdori, uning hayotlik vaqtida kuchli darajadagi mastlik holati boʻlganligini koʻrsatgan.

Holat yuzasidan 2021-yil 10-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilib, jinoyat ishida “SAMSUNG” rusumli yuk avtomashinasi (ekskavator) haydovchisi hamda boshqa shaxslarning harakatlarida jinoyat alomatlari boʻlmaganligi sababli, Oʻzbekiston Respublikasi JPKning
83-moddasi 2-bandiga asosan harakatdan tugatilgan.

Murojaatda marhumning ukasi Raxmonov Jaxongir biror marta tergovga jalb qilinmaganligi bildirgan. Murojaatchining ushbu vaji asossiz. Fuqaro J.Raxmonov 2021-yilning 19-noyabr kuni jinoyat ishi doirasida jabrlanuvchi sifatida jalb qilinib, holat yuzasidan soʻroq qilingan.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech