Tozalik, orastalik har kunlik hayotiy ehtiyojimizga aylanmoqda. Bu xayrli va ezgu ishlar aslo mavsum tanlamaydi. Zero, saranjom-sarishtalik bor joyda qut-baraka boʻladi
Tozalik, orastalik har kunlik hayotiy ehtiyojimizga aylanmoqda. Bu xayrli va ezgu ishlar aslo mavsum tanlamaydi. Zero, saranjom-sarishtalik bor joyda qut-baraka boʻladi.
Respublikamiz miqiyosida “Mahalla obod-yurt obod” shiori ostida oʻtkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ham xayrixohlik bilan ishtirok etdi.
Shu aziz yurt barchamizniki, uning tozaligi va obodligi esa ona Vatanimiz goʻzalligiga goʻzallik qoʻshadi, degan tashabbus bilan daraxtlar oqlanib, gul koʻchatlari oʻtqazildi. Boshqarma hudidi va unga tutash joylar supurilib, tevarak-atrof maishiy chiqindilardan tozalandi.
Hashar barchani ahillik va hamjihatlik ila bunyodkorlikka chorladi. Diyorimizning har qarich yeri, ungan har bir gulu giyoh, daraxtlar insonlar uchun qadrliligi, yurt obodligi-koʻngil obodligining ifodasi ekanligi hashar doirasida namoyon boʻldi.