26 Noyabr 2022 yil 962

Tojikiston Respublikasi IIV delegatsiyasi Samarqand viloyati IIB faoliyati bilan tanishdi

Xabar berganimizdek, Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Samarqandda boʻlib, sohaga doir oʻzaro istiqbolli hamkorlikni rivojlantirish, strategik sheriklikni yanada mustahkamlash borasidagi muhim hujjatlarni imzolashdi.

Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasidagi sharoitlar, ichki ishlar organlarining maxsus-texnika hamda kuch va vositalari bilan tanishdilar. Boshqarmaning situatsion markazidagi zamonaviy qulayliklar mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi. Oʻzaro tajribalar oʻrtoqlashildi. Koʻhna va boqiy shahar Samarqandda aholi xavfsizligi va osuda hayotini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, nufuzli xalqaro anjumanlarda yuksak darajadagi xizmatlar eʼtirof etildi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech