Samarqand shahrida fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Toxir Aripov tomonidan Samarqand shahar hududida tungi vaqtda aholi osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida, ko‘ngilochar dam olish majmualari, mehmonxonalar, sayyohlik obyektlari va talabalar turar joylarida fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mazkur maskanlarda xavfsizlikni ta’minlash masalasi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari ham ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Tungi xizmatga jalb etilgan mas’ul xodimlarning faoliyati hamda ular tomonidan hududlarda jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikni oldini olish borasida tegishli topshiriqlar berildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati