Samarqand shahar hududida fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Toxir Aripov tomonidan Samarqand shahar hududida tungi vaqtda aholi osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida, ko‘ngilochar dam olish majmualari, mehmonxonalar, sayyohlik obyektlari va umumiy ovqatlanish joylarida fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, maktablarda xavfsizlikni ta’minlash masalasi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, 1-sonli Huquq tartibot maskanida tungi xizmatga jalb etilgan mas’ul xodimlarning faoliyati hamda ular tomonidan hududda jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, tegishli topshiriqlar berildi.