19 Sentyabr 2025 yil 833

Samarqand Davlat universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Toxir Aripov ishtirokida o‘tkazilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida, yurtimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, mamlakat rivojiga ularning qo‘shayotgan hissasi, bugungi yoshlarning yanada tashabbuskor va fidoiy bo‘lishi lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritildi. 

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularning turli buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushmasligi hamda giyohvandlik va psixotrop moddalari muomalasi bilan bog‘liq salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida a’lo baholarga o‘qiyotgan hamda o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan bir guruh talaba-yoshlarga, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yaqindan ko‘mak beruvchi “Qalqon” jamoasi a’zolariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlar bilan ishlash borasida kelgusidagi rejalar belgilanib, ular tomonidan ilgari surilgan ilg‘or taklif va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Text to speech