13 Mart 2025 yil 1763

Hududiy ichki ishlar organlari Tashkiliy bo‘linmalari xodimlari bilan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

Viloyat IIBning hududiy organlarida xizmat olib borayotgan Tashkiliy bo‘linma boshliqlari va Navbatchilik qismi inspektorlari bilan xizmat, jangovаr hamda amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 

Dastlab saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari olib borildi. O‘qotar qurolni to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish jarayonlarida xodimlar bor mahoratlarini namoyon etishdi.

Mashg‘ulot ishtirokchilari viloyat IIB “Tezkor boshqaruv markazi”da ham bo‘lib, bu yerda insonning yuzidan tanib oluvchi videokameralarining ishlash jarayonlari bilan tanishdi. 

102 qisqa raqamiga javob beradigan operatorlar ishtirokida mahorat darslari ham tashkil etildi.

Bu kabi tadbirlar xodimlarning sohaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, o‘z xizmat vazifasiga sidqidildan yondashi yo‘lida dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi.


Text to speech