16 May 2025 yil 154

Hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha Bulung‘ur tumanida manzilli o‘rganishlar olib borildi

Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Bulung‘ur tumani mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Boshqarma boshlig‘i yangidan qad rostlagan 10-sonli huquq tartibot maskanida bo‘lib, bu yerda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko`zdan kechirdi.

Maskanning barcha shaxsiy tarkibi bilan suhbatlashib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar hamda tasdiqlangan yo‘l xaritasi ijrosi yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ichki ishlar organlarining boshqa huquqni muhofaza qiluuvchi organlar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda ishni tashkil etishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.


Text to speech