25 Aprel 2022 yil 1344

Urgut bozorida noqonuniy ravishda “stoyanka” tashkil qilib, haydovchilardan pul undirib kelganlar ushlandi

Samarqand viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boʻlimi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida Urgut tumani hududida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida “Urgut savdo markazi” hududida tashkil etilgan avtoturargohda 10 nafar fuqarolar savdo qilish uchun kelgan har bir haydovchidan zoʻrlik ishlatib, taʼmagirlik yoʻli bilan 5 ming soʻmdan pul olib kelayotganligi aniqlangan.

Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida bu ishlarni sodir qilib kelgan 10 nafar fuqarolarning barchasi qoʻlga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: