24 Dekabr 2021 yil 879

Urgut tumani IIB xodimlari oʻrtasida “Kurash” musobaqasi oʻtkazildi

2021-yil 24-dekabr kuni Urgut tumani IIB sohaviy xizmat va boʻlim xodimlari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2018-yil 17-yanvardagi “Ichki ishlar organlarida xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 17-sonli boʻyrugʻi hamda (Joriy yilning 20-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi IIVning oʻrinbosari general-mayor A.I.Ikramov rahbarligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Samarqand viloyati IIB va uning quyi tuzilmalari tomonidan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” davomida amalga oshirilgan ishlar “yetarli darajada emas” deb baholanib, mazkur oylik davomida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha yuritilgan hisobotlarning 3-shaklda oʻtkazilishi belgilab berilgan sportning kurash, sambo va qoʻl jangi turlari boʻyicha viloyat IIB va uning quyi tuzilmalari tomonidan bironta ham tadbir oʻtkazilmaganligi Vazirlik rahbariyatini haqli eʼtiroziga sabab boʻlganligi, mazkur videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini sifatli taʼminlash, shaxsiy tarkibning jangovor shayligini, jismoniy faolligini hamda xodimlarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash, ularda amaliy koʻnikmalarni oshirishni yanada kuchaytirish maqsadida)gi koʻrsatma ijrosi yuzasidan Samarqand viloyati Urgut tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan sportning “Kurash” turi boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.

Gʻoliblarga tuman hokimi hamda sektor rahbarlari tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech