17 May 2025 yil 153

Urgut tumani mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda

Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Urgut tumanidagi Navbog‘ mahallasida bo‘ldi. Mazkur mahalla “qizil” toifada bo‘lib, Boshqarma boshlig‘i hududni jinoyatchilikdan holi, “yashil” toifaga o‘tkazish borasida qilinadigan amaliy ishlar samaradorligini ko‘zdan kechirdi.

Mahalla yettiligi bilan ularning faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolar haqida ham suhbatlashib,  qonuniy yechimini ta’minlashda mas’ullarga topshiriqlar berildi. 

Boshqarma boshlig‘i tumanning "Do‘stlik" mahallasidagi 14-son Huquq tartibot maskani faoliyati va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi.

Fuqarolarning osuda turmushi, hududda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tashkil etilgan huquq tartibot maskani chinakam qalqon bo‘lishi kerakligi qayd etildi.


Text to speech