18 Aprel 2024 yil 1096

Urgut tumani hududida joriy yilning 3 oyi davomida jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgangi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Urgut tumani hududida joriy yilning 3 oyi davomida jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgangi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishni Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Xondamir Umarov olib bordi.

Hududlarda huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, profilaktik hisobda turgan shaxslar muntazam nazoratda bo‘lishi, tezkor, profilaktik va tashkiliy tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. 

Yig‘ilish yakunida har bir mahallada jinoyatchilik  va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish to‘g‘risidagi vazifalar belgilab olinib, xizmatida yuqori natijalarga erishgan xodimlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech