21 Iyul 2025 yil 794

Urgut tumanida kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar manzilli o‘rganildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  joriy yil 3-yanvardagi "2025 yil Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ 1-son Qarorga asosan, tuman IIB boshlig‘i tomonidan Urgut tumanining kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan “Mo‘g‘ol” va “Qizil” toifadagi “Zarafshon” mahallalarida o‘rganishlar olib borildi va bir qator amaliy tadbirlar tashkillashtirildi.

Mahallalarda ishlab chiqilgan yo‘l xaritalar ijrosi bo‘yicha “Mahalla yettiligi”ning hisoboti tinglanib, aniq vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, “Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlarining 2-bosqichi doirasida olib borilayotgan tadbirlar doirasida, Probatsiya nazorati ostidagi shaxslar uchun uchrashuv va mexnat yarmarkasi tashkil etildi va ijtimoiy profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.


Text to speech