30 Iyun 2025 yil 217

Urgut tumanida o‘tkazilgan “Havo shari” festivalida sayyohlar xavfsizligi ta’minlandi

Joriy yilnng 28-29-iyun kunlari Urgut tumanida “Havo shari” festivali tashkil etildi. Unda ko‘plab xorijiy hamda mahalliy sayyohlar ishtirok etdi. 

Tadbir bo‘lib o‘tadigan hudud va unga tutash joylar Samarqand viloyati IIB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan muhofaza qilindi va jamoat tartibi saqlanib, ishtirokchilar xavfsizligi ta’minlandi.

Ayniqsa, viloyat IIB Xavfsiz turizimni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan chet mamlakatlardan tashrif buyurgan sayyohlarga o‘lkamizning boy madaniy me’rosi tushuntirilib, ularning maroqli dam olishi hamda xavfsizligini ta’minlash ishlari namunali darajada tashkil etildi.


Text to speech