19 Iyun 2024 yil
1965
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Urgut tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv avvalida Boshqarma boshlig‘i Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan tuman IIB boshlig‘i lavozimiga yangi tayinlangan podpolkovnik Qo‘ziyev Ma'ruf Mardonovichni shaxsiy tarkibga tanishtirdi.
Tayinlovga qadar M.Qo‘ziyev Pastdarg‘om tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Urgut tumani IIB boshlig‘i Z.Mamadoliyev Pastdarg‘om tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati