Urgut tumanidagi 30-umumta’lim maktabida jamiyatda qizlar tarbiyasi, sog‘lom nikoh hamda erta turmushning oldini olish mavzularida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Urgut tumanidagi 30-umumta’lim maktabida jamiyatda qizlar tarbiyasi, sog‘lom nikoh hamda erta turmushning oldini olish mavzularida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimining o‘rinbosari oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Rahmonova, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik N.Yodgorova, Urgut tuman hokimligi mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar qiz bolani yoshligidan to‘g‘ri tarbiyalab, ularning qiziqishlariga yo‘naltirib, oliy dargohlarda o‘qitish kerakligi haqida gapirishdi.
Shuningdek, erta turmushning oldini olish, qizlarni nikoh yoshiga yetmasdan turib unashtirish, turmushga berish jinoyatning bir ko‘rinishi bo‘lib, bunday harakatlarning qonun oldidagi javobgarliklari haqida ham so‘z ketdi.