Urgut tumanining “Do‘stlik” mahallasini barqaror va xavfsiz hududga aylantirish maqsadida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida, joriy yilning 22-iyul sanasidan boshlab amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Mazkur tadbir doirasida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Xondamir Umarov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan mahalladagi mavjud muammolarni o‘rganish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi bilan ochiq muloqot o‘rnatish, fuqarolarni huquqiy ongi va faolligini oshirishga qaratilgan amaliy yordam tadbirlari olib borilmoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi — “Do‘stlik” mahallasini “qizil toifa”dan chiqarish, huquqbuzarliklar ko‘rsatkichini kamaytirish, jamoat tartibini mustahkamlash va fuqarolar uchun xavfsiz, sog‘lom ijtimoiy muhit yaratishdan iborat.