1 Sentyabr 2025 yil
157
Urgut tumanida “Bilimlar kuni” munosabati bilan xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi
2-sentabr – Bilimlar kuni munosabati bilan tumandagi barcha maktablarda jamoat tartibini saqlash va o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida Urgut tuman IIBda xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi.
Tadbirda xizmatga jalb etilgan xodimlar hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etib, ta’lim muassasalari atrofida osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va farzandlarimiz uchun xavfsiz muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.
Shundan so‘ng barcha shaxsiy tarkib biriktirilgan ta’lim muassasalariga yetib borib,xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha vazifalarni bajarishga kirishdi.