31 Mart 2022 yil
559
Urgutda ham noqonuniy ravishda haydovchilardan ulush olib kelgan zoʻravonlar faoliyatiga chek qoʻyildi
Samarqand viloyat IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boʻlimi xamda DXX Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorligida Urgut tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbir davomida, “Urgut savdo markazi” hududiga kiruvchi asosiy yoʻlni, zoʻravonlik va oʻzboshimchalik bilan noqonuniy ravishda egallab olib, ushbu bozorga kelgan haydovchilardan pul berishlarini talab qilib kelayotgan 10 nafar shaxslar qoʻlga olindi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatish choralari koʻrilmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati