22 Yanvar 2022 yil 361

Urgutda geroin giyohvandlik moddasining savdosiga chek qoʻyildi

Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi Togʻli va chegaradosh hududlardagi tezkor boʻlinmalari xodimlari tomonidan Urgut tumani Torinjak MFYda yashovchi, 1963-yilda tugʻilgan, G.M. koʻp miqdorda “Geroin” giyohvandlik moddasini sotish va yashash manzilida saqlab kelayotganligi toʻgʻrisida tezkor maʼlumot olingan.

Ushbu shaxsning jinoiy faoliyatini fosh etish maqsadida 2022-yil 18-yanvar kuni Urgut tumanining “Algar” MFY tezkor tadbir oʻtkazildi.

Fuqaro G.M., J. ismli shaxsga ikki dona qogʻoz boʻlagiga qadoqlangan geroin giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida ushlanib, uning Damas rusmli avtomashinasi koʻzdan kechirilganda, avtomashina salon qismida 2 dona gugurt qutilariga solingan, 7 dona qogʻoz boʻlagiga va 1 dona selofan paket boʻlagiga qadoqlangan sof vazni 0.96 gramm miqdoridagi geroin giyohvand moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech