Urgutda keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
Samarqand viloyati
IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatovning topshirig‘iga asosan Urgut tumani hududida
keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Har kuni ertalab va
tungi vaqtlarda tadbiriga jalb qilingan huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida
kengaytirilgan xizmat oldi yo‘riqnomalari o‘tkazilmoqda.
Hududlarda jinoyat
va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, tungi vaqtlarda jamoat joyi va turli
ko‘ngilochar maskanlarda maqsadsiz yurgan shaxslarni aniqlab, profilaktik tushuntirish
ishlarini olib borish borasida guruhlar tashkil qilinib zaruriy chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda.
Yo‘llarda inson o‘limi
bilan bog‘liq hodisalarni oldini olish, qo‘pol qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida
avtopatrul-reyd guruhlari tashkil qilinib, reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar tomonidan ayollar muammolarni aniqlash,
tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurash maqsadida kompleks profilaktik tadbirlar olib
borilmoqda.
Bu kabi tadbirlardan asosiy maqsad hamkor tashkilotlar bilan birgalikda
namunaviy xizmat o‘tashni tashkil qilish, mahallarda shaxsiy xonadonlar va jamoat
joylarida videokuzatuv qamrovi oshirilishi, shahar yo‘llarida xavfsiz harakatlanish,
piyodalar, ayniqsa bolalar, yoshlar va ayollar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
chora-tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi.