29 Sentyabr 2025 yil
296
“1-oktabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi
Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasida “1-oktabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan soha faxriylari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Harbiy orkestr sadolari bilan kutib olingan ichki ishlar organlari faxriylari bugungi kunda tizimda yaratilgan sharoitlar hamda texnik va jangovar vositalar bilan tanishdilar. O‘z xizmat davrlaridagi xotiralarini yosh xodimlarga gapirib, hozirgi qulay sharoitlarni e’tirof etishdi.
Tantanali tadbirda viloyat IIB boshlig‘i general-mayor Toxir Aripov soha faxriylarini bayram bilan tabriklab, ularning bir guruhiga Ichki ishlar vazirining hamda Boshqarma boshlig‘ining esdalik sovg‘alarini topshirdi.