O‘quv seminari o‘tkazildi
Samarqand viloyati IIB Probatsiya xizmati xodimlarini Probatsiya hisobidagi
“Majburiy jamoat ishlari” va “Haq to‘lanadigan majburiy jamoat ishlari” jazosiga
hukm qilingan shaxslarni ishga joylashtirish tartibi hamda hududiy kambag‘allikni
qisqartirish va bandlik bo‘limlari bilan hamkorlik mexanizmi mavzusida o‘quv seminari
o‘tkazildi.
Haftaning har shanba kuni probatsiya xizmati xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini
oshirish maqsadida tashkil etib kelinayotgan mazkur o‘quv seminarida boshqarma shaxsiy
tarkibi hamda uning shahar-tuman bo‘limlarida xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirok
etdi.
Bugungi kunda Samarqand viloyatida 8700 nafar nazoratdagi shaxslar hisobda
turadi. Mazkur shaxslarni ishga joylashtirish, ularning bandligini ta’minlashga
alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘quv seminari savol-javob va amaliy mashg‘ulotlar asosida olib borildi.
Mavzu yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.