29 Iyul 2025 yil
2265
Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan shug‘illangan shaxs qo‘lga olindi
Samarqand viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Departamentning Toyloq tuman bo‘limi xodimlari hamkorligida, Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1985-yilda tug‘ilgan shaxs Samarqand shahridagi savdo do‘konlarining birida 1 AQSh dollarini 12600 so‘mdan hisoblab, 2700 AQSh dollarini jami 34 020 000 so‘mga va 1 Rossiya rublini 160 so‘mdan hisoblab, 50 000 Rossiya rublini jami 8 000 000 so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlar olib borilmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati