Vatanparvar va bilimli xodimlar – tizim ravnaqini oshiradi
Bugun ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan kadrlar o‘zlariga fidoiylikni, mardlik va jasurlikni, intellektual salohiyati yuqori bo‘lishini shior qilib olishgan. Shu maqsadda tizimda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar ham o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.
Samarqand viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati kadrlar bilan ta’minlash bo‘limi katta inspektori, mayor Habib Rabbimov ichki ishlar organlarida qator yillardan buyon xizmat olib boradi.
Tizim rivoji uchun kadrlar salohiyatini aniqlashda, ularning qobiliyati va layoqatini baholashda har bir detal e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
Mayor Habib Rabbimov mazkur ishlar ko‘lamini kengaytirish jarayonlarida har bir xodim bilan yakkama-yakka, individual yondashadi. Bilimli, zukko xodimlar bilan ishlashda kadrlar bilan ta’minlash xizmati inspektorining o‘zidan ham yetarlicha salohiyat talab etiladi. Shu maqsadda Habib Rabbimov tinimsiz izlanadi, o‘z ustida mudom ishlaydi.
Tizim xodimlariga avvalo o‘zi namuna bo‘lishi lozim ekanligini amalda ko‘rsatish uchun doimo harakatda va bu borada tinmay mehnat qiladi.
Ayni damda ham mayor Habib Rabbimov boshqarmaning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatida g‘ayrat va shijoat bilan xizmat qilmoqda.