Viloyat Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Rahbarlarning fuqarolar bilan yuzma-yuz qabullari aholi kundalik turmushi, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, muammo hamda kamchiliklariga barham berishorqali taraqqiyotni jadallashtirishga xizmat qilmoqda.
Odamlar bilan muloqot qilish xalq ichiga kirib borish, uning tashvish va muammolarini chuqur o‘rgangan holda tegishliidora va tashkilotlar bilan bamaslahat hal etishning natijador vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlash o‘rinlidir.
Viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatovning bu galgi fuqarolar qabulida ham turli masalalar eshitildi. Odamlarni qiynayotgan tashvish va muammolarga yechim topish choralari izlandi.
Aliment qarzdorligini undirish, yo‘llarni asfaltlashtirish, nizoli holatni hal etish, firibgarlik, tergov faoliyati, bandlik, pul oldi-berdisi kabi murojaatlar eshitilib, ularning aksariyatiga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Yechimi muddat talab qiladigan masalalar ijrosi nazoratga olindi.