6 Iyul 2025 yil 1409

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, joylardagi mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda ichki ishlar organlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash maqsadida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Rahmat Mamatovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ish bilan ta’minlash, oilaviy nizolar, aliment undirish va firibgarlikka oid bir qator masalalar tinglandi.

Har bir murojaat yuzasidan tegishli tartibda huquqiy tushuntirishlar berildi. Ba’zi muammolar o‘sha joyning o‘zida yechimini topdi. Qolgan masalalar bo‘yicha esa mutasaddi bo‘linma rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Boshqarma boshlig‘i ushbu muammoli masalalarning hal etilishini shaxsan nazoratga olishini ta’kidladi.

Bunday qabullar fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish, jamiyatda qonuniylik va adolat prinsiplarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Text to speech