8 Iyun 2025 yil 308

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarga joyida yechim topish hamda ichki ishlar organlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Rahmat Mamatovning navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Yuzma-yuz muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini saqlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ish bilan ta’minlash, oilaviy nizolar, aliment undirish va firibgarlikka doir bir qator masalalar ko‘tarildi. 

Har bir murojaat tinglanib, tegishli bo‘linma vakillari bilan  joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Boshqarma boshlig‘i qabul davomida qator muammolar yuzasidan aniq topshiriqlar berib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinishini ma’lum qildi.


Text to speech