16 Avgust 2025 yil 153

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Ichki ishlar organlarida har hafta o‘tkaziladigan “Ma’naviyat va ma’rifat darslari” xodimlarning ma’naviy bilim va tafakkurini yanada boyitishda alohida ahamiyat kasb etadi. 

Navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” davomida mutaxassislar tomonidan belgilangan mavzu bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, soha mutaxassislari tomonidan qonunchilikdagi o‘zgarishlar, Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar haqida so‘z yuritilib, xodimlar yangiliklardan xabardor qilindi.

Shundan so‘ng yangi lavozimga tayinlangan hamda navbatdagi maxsus unvon olgan xodimlar shaxsiy tarkibga e’lon qilindi. 

Xizmat vazifasiga sidqidildan yondashgan hamda o‘z hamkasblariga o‘rnak bo‘lgan bir guruh xodim va ularning oila a’zolariga Boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomalari, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Vazirlikning tegishli farmoyishi bilan Ichki ishlar organlari tizimida “Inson qadri uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi” munosabati bilan, Samarqand viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan 4 nafar xodimga “yaqin qarindoshining operatsiyasi uchun”, 4 nafar xodimga “to‘y va dafn marosimlari uchun” moddiy yordam va 3 nafar xodimga esa foizsiz qarz pullari berildi.

Tizimda o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat va ma’rifat darslari” har bir ichki ishlar organi xodimining ma’naviy bilimini oshirishda alohida ahamiyatga ega.


Text to speech