3 Iyul 2025 yil 151

Viloyat ichki ishlar organlari navbatchilik qismi mas’ul xodimlari bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

Mazkur o‘quv seminar-mashg‘ulotlari viloyat hududida kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash, sohaviy va hududiy IIO tomonidan barcha turdagi jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish ishlarini yaxshilash hamda sodir etilayotgan jinoyatlarni issiq izidan ochishni tashkillashtirish va o‘z vaqtida to‘liq tarkibda voqea joyiga tergov-tezkor guruhini yetib borishini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotlarida Samarqand viloyati IIB Tashkiliy boshqarma bo‘linmalari tezkor boshqaruv markazi, barcha tarkibiy va hududiy ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan xizmat, jangovar, jismoniy va ahloqiy-psixologik tayyorgarlik bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.


Text to speech