17 Dekabr 2024 yil
4596
Viloyat IIB tasarrufidagi ''Sumbula'' MTTda ko‘rgazmali targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda
viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ul
xodimlari tomonidan viloyat IIB tasarrufidagi
''Sumbula'' MTTda ''Mavsumiy sodir bo‘lish mumkin
bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va
bunday vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish'' mavzusida
ko‘rgazmali targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda mavsumiy sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan
favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini
olish bo‘yicha batafsil tushunchalar berdi.
Tadbir yakunida yong‘in-qutqaruv
texnikalari va asbob-anjomlari namoyish etildi.