14 Oktyabr 2024 yil 2957

Viloyat IIB boshlig‘i hamda prokurori Payariq tumanida bo‘lishdi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov hamda viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarovlar Payariq tumanining Mustaqillik mahallasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi ishlar bilan tanishib, ishlarni tez va sifatli bajarilishi bo‘yicha  mas’ullarga topshiriqlar berishdi. 

Shuningdek, Prezidentimizning “Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar ahvoli o‘rganildi.

O‘rganish davomida, og‘ir ahvoldagi oilalarning holidan habar olinib, ularni kambag‘allikdan chiqarish, hoxish va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, doimiy bandligini ta’minlash, daromadini oshirishga ko‘mak ko‘rsatish va har bir oila bilan manzilli ishlashda qonuniylikni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Text to speech