8 Aprel 2024 yil 1306

Viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov va DXX viloyat boshqarmasi boshlig‘i Abdug‘ofur Ahmedovlar profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Inson uchun tinchlik, osoyishtalikning qadri tengsiz. Ogoh va hushyor bo‘lib yashash, tinchlikni ta’minlash huquq tartibot organlari xodimlarining burch va majburiyatidir. DXX viloyat boshqarmasi boshlig‘i Abdug‘ofur Ahmedov va viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda bu alohida ta’kidlandi.

Unda Samarqand shahar, Pastdarg‘om va Samarqand tuman profilaktika inspektorlari va soha mas’ullari ishtirok etdi.  

Qayd etildiki, bugun jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga har qachongidanda dolzarb masala sifatida qaralmoqda. Ayniqsa bu borada viloyatning barcha hududlarida kerakli ta’sir choralari ko‘rilib, turli ko‘rinishdagi profilaktik tadbirlarni keng targ‘ib qilish lozim.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda xodimlar fuqarolarning sohaga nisbatan ishonchsizligini keltirib chiqarmasligi, ularning murojaatlariga mas’uliyat bilan qarashi, hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishda profilaktika inspektorlari mahallada kunu tun xizmat faoliyatini kuchaytirishlari borasida tavsiyalar berildi.

Ayniqsa yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish eng dolzarb masala ekanligi ta’kidlandi. Voyaga yetmagan yoshlar tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish, ularni tungi vaqtlarda qarovsiz qoldirmaslik, bu borada mahalla mutasaddilari bilan hamkorlikda ishlash zarurligi keltirildi.

Allomalarimiz yurti tinchning o‘zi tinch deb bejizga aytishmaydi. Vatanimiz tinchligini ta’minlash, odamlarning xavfsiz, emin-erkin, baxtli hayot kechirishi uchun daxldorlik hissi bilan yashash, haqiqiy el-yurt himoyachisi sifatida sharafli xizmatga bel bog‘lab, qasamyodiga sodiq holda xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish har bir ichki ishlar organi xodimining ustuvor shiori bo‘lishi zarur.

Yig‘ilish doirasida galdagi dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Text to speech