Viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Toyloq tumanida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda
Davlatimiz rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosini ta’minlash borasida Samarqandda ham manzilli ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 7-iyuldagi ko‘rsatmasiga asosan, Toyloq tumanida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati sohaviy xizmatlari xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.
Unda Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi, huquqbuzarliklar profilaktikasi, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari, yo‘l harakati xavfsizligi, karantin xizmati xodimlari amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan Toyloq tumanida bo‘lishdi.