20 Iyun 2025 yil 418

Viloyat IIBning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari xodimlari bilan Prezident farmonini oʻrganishga bagʻishlangan mashg‘ulotlar tashkil etildi

Viloyat IIBning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari xodimlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining harbiy nizomlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonini oʻrganishga bagʻishlangan mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar davomida Mudofa vazirligi mutaxassis xodimlari va viloyat IIBning sohaviy xizmat rahbarlari tomonidan Prezident Farmonida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatni oʻtash masalalarini yanada takomillashtirish, xodimlarning xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtidagi huquq va majburiyatlarini, Qurolli kuchlar tizimida xizmat oʻtash, ichki xizmat, garnizon va qorovullik xizmatlarini tashkil etish, yangidan qoʻshma qaror asosida qabul qilingan saf nizomi boʻyicha kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar harbiy yigʻinlarni oʻtash, harbiy kiyim-kechakda yurish qoidalarini belgilash, shuningdek, harbiy xizmatchilarni harbiy lavozimlarga tayinlash, harbiy lavozimlardan ozod etish, harbiy xizmatdan Qurolli Kuchlar rezerviga (zaxirasiga) boʻshatish hamda isteʼfoga chiqarish borasida ishtirokchilarga maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi Kodeksining talablariga toʻliq amal qilish borasida ham yoʻriqnomaviy tavsiyalar aytib oʻtildi.


Text to speech