Viloyat hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
Viloyat hokimi, viloyat prokurori hamda viloyat IIB boshlig‘i ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda tuman (shahar) va mahallalarda huquqbuzarlikning oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” ijrosi, shtab a’zolarining o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni to‘liq bajarishi, hududlarda ayrim toifadagi shaxslar bilan profilaktik tadbirlar olib borilishi va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Mas’ul idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglanib, ularning ijrosi yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Shtabning ishchi guruhi a’zolariga qaror ijrosi yuzasidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, jinoyat va huquqbuzarliklarni erta aniqlashda profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.