19 Yanvar 2024 yil 1063

Viloyat sektor rahbarlari Qo‘shrabot tumanida bo‘ldi

Bugun, viloyat IIB boshlig‘i R.Mamatov, viloyat prokurori M.Eshnazarov,  Qo‘shrabot tumanida xavfsizlik va osoyishtalikni ta’minlash, jinoyachilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda hududda aholi farovonligini oshirish borasidagi jarayonlar bilan yaqindan tanishishdi. 

Viloyat sektor rahbarlari olis Oqchopsoy mahallasida bo‘lib 51-umumiy o‘rta ta'lim maktabining bugungi kundagi holatini o‘rganib, ushbu maktabga qo‘shimcha yangi bino barpo etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Shuningdek, Oqchopsoy mahallasida yashovchi tashabbuskor, yuragida o‘ti bor, odamlar dardu tashvishi bilan yuradigan fidoyilar sa’y-harakati bilan mahalla tinch va obod maskanga aylanadi, odamlar baxtli hayot kechirishadi va mavjud muammolar o‘z yechimini topadi deya ta'kidlab o‘tishdi.

Text to speech