29 Aprel 2025 yil 294

Viloyatdagi “qizil” toifadagi mahallarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha manzilli ishlar amalga oshirilmoqda

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Bulung‘ur, Jomboy va Toyloq tumanlaridagi kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalarda o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida, davlatimiz rahbarining "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ 1-son Qaroriga asosan tasdiqlangan yo‘l xaritasining ijrosi yuzasidan mahalla yettiligining hisoboti tinlandi.

Shuningdek, sodir etilgan jinoyatlarning sabab va sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoatchilikning hamkorligini kuchaytirish, xonadonlar va boshqa ijtimoiy obyektlarni qo‘riqlash pultiga ulash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati


Text to speech