9 Mart 2024 yil 1050

Viloyatdagi jinoyatchilik ahvoli, xodimlar o‘rtasidagi xizmat intizomi masalalari muhokama qilindi

Viloyatdagi jinoyatchilik ahvoli, xodimlar o‘rtasidagi xizmat intizomi masalalari muhokama qilindi 

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan tumandagi jinoyatchilik ahvoli, huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilgan ishlar, xodimlar o‘rtasidagi xizmat intizomi va qonunchilik masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Muhokamada o‘g‘irlik, firibgarlik, yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarini profilaktikasi borasidagi ishlar qattiq tanqid ostiga olindi.

Bundan tashqari, shaxsiy tarkib o‘rtasidagi xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish masalalari muhokama qilindi.

O‘tkazilgan yig‘ilishda bugun ichki ishlar tizimi xodimlari oldida turgan maqsad va vazifalar haqida so‘z bordi. Shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash haqida ham fikr-mulohazalar aytib o‘tildi.

Text to speech