27 Dekabr 2023 yil 1208

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Rahmat Mamatov hamda viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarov ishtirokida qator masalalar muhokama qilindi

Jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Viloyatimizda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida turli jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilashda ichki ishlar xodimlarining olib borayotgan xizmat faoliyati qay darajada?

Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Rahmat Mamatov hamda viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarov ishtirokida o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida atroflicha so‘z yuritildi.

Qayd etildiki, viloyatimiz hududida jinoyatchilik va turli huqubuzarliklarning oldini olish, yangi yil bayrami tadbirlarini ko‘ngildagidek o‘tkazish, salbiy holatlarni bartaraf etish, profilaktik tashviqot ishlarini kuchaytirish lozim. Shuningdek, fuqarolar murojaatlarini o‘z muddatida o‘rganib, qonuniy yechim topish borasida ham ko‘rsatmalar berildi. Voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash, qizil toifadagi mahallalarni yashil toifaga o‘tkazish to‘g‘risida ham vazifalar belgilandi.

Xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hushyorligi va ogohligini oshirish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash har bir xodimning xizmat majburiyati hisoblanadi. Ishga yangicha uslubda yondoshish lozim- deya ta’kidladi boshqarma boshlig‘i.

Oshkora, keskin tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda joylardagi kriminogen vaziyatni yaxshilash zarurligi, va bu boradagi vazifalar aytildi. Xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish ta’kidlanib, o‘z ishiga loqaydsizlik bilan qaragan soha xodimlari qattiq ogohlantirildi.

Text to speech