26 Dekabr 2023 yil
1210
Samarqand viloyati IIB boshligʻi o'rinbosari tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi
Samarqand viloyati IIB boshligʻi o'rinbosari tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi.
26-dekabr kuni Samarqand viloyati IIB boshligʻi o'rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig`i polkovnik Muzaffar Raxmatullayev tomonidan fuqarolarning muammolarini oʻrganish yuzasidan navbatdagi qabul oʻtkazildi.
Bu galgi qabulda ham 12 nafar fuqarolarning murojaatlari atroflicha oʻrganildi.
Boshqarma boshligʻi o'rinbosari har bir murojaatni chuqur tahlil qilgan holda, qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi va ularning ijrosini oʻz nazoratiga oldi.