12 Noyabr 2021 yil
573
“Viloyat IIB boshligʻi bizni qabul qilishi kerak edi. Lekin blogerni ham, bizni ham qabulga kiritishmayapti” sarlavhasi ostidagi videomurojaat yuzasidan
5-noyabr kuni fuqarolar F.A. va Oʻ.Ch lar yozgan arizalari yuzasidan viloyat IIB ga kelib, murojaat qilishgan. Ushbu fuqarolar ularning arizalarini koʻrib chiqishga masʼul boʻlgan rahbar va xodimlar tomonidan qabul qilinib, huquqiy tushuncha berilib, javob berilgan.
Fuqarolar IIB dan ketgandan soʻng, maʼlum muddatdan keyin yana qaytib kelib, viloyat IIB boshligʻi qabuliga kirmoqchiligini bildirgan. Fuqarolarning murojaatlari yuzasidan ular bilan qabul kuni kelishib olinganligini maʼlum qilamiz.
Bugungi kunda fuqarolarni murojaat va muammolarini oʻrganish yuzasidan viloyat va viloyatining barcha-shahar tuman IIB hamda sohaviy xizmat boshliqlarining shaxsiy qabullari doimiy ravishda oʻtkazilib kelinmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati