8 Noyabr 2025 yil 537

Sportning voleybol turi bo‘yicha "Oqdaryo tumani IIB boshlig‘i kubogi" musobaqasi o‘tkazildi

Oqdaryo tumanida 14-15 yoshli o‘smirlardan tarkib topgan yoshlar terma jamoalari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Tuman IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. 

Musobaqada Samarqand shahri, Ishtixon, Payariq, Urgut, Toyloq, Jomboy, Bulung‘ur hamda Oqdaryo tumanlari o‘smir-yoshlaridan iborat 8 ta jamoa o‘zaro kuch sinashishdi.

Bellashuvlar bahsli jarayonlarga boy bo‘ldi va musobaqa yakunida uning g‘oliblari aniqlandi. 

Musobaqa shartlariga ko‘ra Oqdaryolik yoshlar 1-o‘rinni, Samarqand shahri yoshlari 2-o‘rinni, Jomboylik yoshlar esa 3-o‘rinni egalladi. 

G‘oliblarga kubok, faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Text to speech