5 Mart 2024 yil 72

Voleybol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Xodimlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish, ommaviy sportni rivojlantirishga muhim eʼtibor qaratilmoqda. 

Viloyatimizning Oqdaryo, Ishtixon, Payariq va Qo‘shrabot tumanlarida xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Qizgʻin va murosasiz kechgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga koʻra, 1-oʻrin Ishtixon tumani IIB, 2-oʻrin Qo‘shrabot hamda faxrli 3-oʻrin Payariq tumani IIB xodimlariga nasib etdi.

Gʻoliblarga diplom, esdalik sovgʻalari topshirildi.

Text to speech