26 Noyabr 2022 yil 970

Xavfsizlik va osoyishtalikni taʼminlash borasidagi hamkorlik

Joriy yilning 26-noyabr kuni Samarqandda Tojikiston va Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyati ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda ikki mamlakatning chegara oldi hududlari IIB rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Samarqand turizm markazida oʻtkazilgan mazkur uchrashuvda ikki mamlakat hududida tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, chegara oldi hududlarida hamkorlikdagi profilaktik tadbirlarni olib borish, giyohvandlik, terrorizm va ekstremizm, odam savdosi kabi jinoyatlarni oldini olish borasida oʻzaro fikr almashildi.

Uchrashuv soʻngida Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov hamda Soʻgʻd viloyati IIB boshligʻi general-mayor Abdullo Navdjuvanov oʻrtasida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi muhim hujjatlar imzolandi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech