Yana bir giyohvandlik moddasi muomalasiga chek qoʻyildi
Giyohvandlik insoniyatni tanazzulga yetaklovchi illatdir. Yaqinda yana bir giyohvandlik moddasi muomalasiga chek qoʻyildi.
Dastlab tadbir avvalida Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida yashovchi shaxs “Gashish” giyohvandlik vositasini sotish bilan shugʻullanib kelayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot olingan.
Unga asosan Samarqand viloyat IIB TQX JQB Giyohvandlik vositalari bilan qoununga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boʻlimi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbir Oqdaryo tumani Kumushkent MFY hududida oʻtkazilib, unda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida yashovchi 40 yoshli fuqaro boshqaruvida boʻlgan avtomashina toʻxtatib tekshirilganda, haydovchining yonidan vazni taxminan 60 gramm boʻlgan, oʻtkir hidli “Gashish” giyoxvandlik moddasi va u bilan birga kelayotgan tanishining yonidan esa taxminan 5 gramm boʻlgan “Gashish” giyohvandlik moddalari topilgan. Giyohvand moddalar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.