Olingan tezkor maʼlumotlarga asosan, Samarqand viloyati IIB TQX JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boʻlimi xodimlari, DXX viloyat boshqarmasi hamda harbiy qism chegara qoʻshinlari tezkor boʻlinmasi xodimlari hamkorligida Samarqand shahridagi tungi klublarning birida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbir davomida 36 hamda 33 yoshli Urgut tumani fuqarolari tadbirga jalb qilingan shaxsga 10.000 AQSH dollari evaziga taxminan ogʻirligi 810 gramm “Opiy” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi. Ularga tegishli boʻlgan avtomashina koʻzdan kechirilganda 1 dona gramm oʻlchovchi elektron tarozi borligi ham aniqlandi va tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Holat boʻyicha Samarqand viloyat IIB huzuridagi TB tomonidan ushbu fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ular tegishli tartibda qamoqqa olingan.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: