1,5 gektar yer maydoni o‘zlariga tegishli ekanligiga ishontirib, uni 80 000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
Samarqand viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan, Samarqand tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Urgut tumanida yashovchi 1968-yilda tug‘ilgan fermer xo‘jaligi ishchisi 1977-yilda tug‘ilgan, fermer xo‘jaligi rahbari bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir fuqaroni Urgut tumani Beshkal mahallasi hududida joylashgan fermer xo‘jaligi tassarufida bo‘lgan 1,5 gektar yaylov yer maydonini o‘zlariga tegishli ekanligiga ishontirib, ushbu yerni 80 000 AQSh dollariga sotishlarini hamda yer maydonini tuman hokimligi va Kadastrlar palatasi Urgut tuman filiali mansabdor shaxslariga 2000 AQSh dollari berish yo‘li bilan uning nomiga rasmiylashtirib berishlarini aytib, oldindan 20 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.